Qazo namozlarim yuzasidan savollar
Assalomu alaykum! 1) Men Allohni irodasi bilan 25 yoshimda namoz o‘qishni boshladim. Allohga shukur qazo namozlarimni ham asta-sekin ado etib kelmoqdaman. Shu paytgacha men o‘qish, ish va sayohat maqsadida judayam ko‘p maskanlarga borib musofirchilikda bo‘lganman, lekin aniq qancha namozim qasr va qanchasi to‘la bo‘lishini bilmayman. Shuni hisobidan hamma qazo namozlarimni farzlarini to‘liq o‘qisam bo‘ladimi? Qasr o‘qilishi kerak bo‘lgan namozlarimni ham to‘liq o‘qishimda gunoh bo‘lmaydimi? 2) Qazo namozlarni o‘qishdan oldin ham iqomat takbir aytiladi deb javob berilipti. Qazo namozlarim ko‘p bo‘lganligi uchun ko‘proq namoz o‘qish maqsadida takbirsiz niyat qilib-la qazo namozlarimni o‘qiyotgan edim. Iqomat aytishim kerakmi yoki shunday davom etsam bo‘ladimi? 3) Asr namozidan keyin nafl namozlari o‘qilmaydi, lekin qazo namozlarni bemalol o‘qiyveramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi.
2). Anig‘ini bilmaganingiz uchun ehtiyoti to‘liq o‘qishingiz bo‘ladi. Masjidda aytishga hojat yo‘q. Boshqa joyda aytsangiz afzal.
3). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 138 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi.
2). Anig‘ini bilmaganingiz uchun ehtiyoti to‘liq o‘qishingiz bo‘ladi. Masjidda aytishga hojat yo‘q. Boshqa joyda aytsangiz afzal.
3). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 138 | Namoz