Ishxonaning narsasidan foydalanish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Xazrati Umar (R.A)ni yonlariga bir inson shaxsiy yumish blan kelganida Xazrati Umar davlat shag‘amini o‘chirib o‘zlarini shaxsiy shag‘amlarini yoqqan ekanlar. Biz ishxonada ko‘pchilik bo‘lib ishlaymiz, ish vaqtimiz bir xil, oylik maoshimiz xar xil (eng ko‘pi menga beriladi) ish vaqtida shaxsiy extiyoj ko‘p uchraydi. Suv, chiroq, internet, shaxsiy tanishlarga bepul xizmat va xokazolar. Boshliq bizga “agar me’yorida bo‘lsa roziman” deydila. Men oylik maoshimdan tayin qilib xar oylik maoshdan shuncha miqdorda ushlab qoling deb qat’iy talab qilsam roziman deb qo‘ymayaptila. Savolim shuki men ortirganimdan keyin arzimas pul orqali boshlig‘imni nomidan doimiy ravishda exson qilib yursam bo‘ladimi? Lekin ular xayt namozlaridan boshqa namozga bormaydilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Davlat ishxonasi bo‘lsa boshliqni ham unda haqqi yo‘q. Shaxsiy ishxona bo‘lsa, joiz. Ishxonaning ishidan boshqa shaxsiy ishingiz uchun foydalanishga haqqingiz yo‘q. Ulamolarimiz “Hatto masjidga kelgan kishi telefonini masjid tokidan zaryad qilsa haqqini to‘lab qo‘yishi shart” deganlar. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 05:19 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar