Ro‘za tutish haqida

Assalomu alaykum! Men musofirman. Ro‘za va namozlarimni iloji boricha ado qilib kelmoqdaman, lekin ba’zida charchab uxlab qolyapman. Hozirgi paytgacha 1-2 kun qolib ketgan ro‘zalarim bor. Bir tanishimdan ro‘za vaqti to kun chiqquncha deb eshitdim. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kun chiqquncha deb noto‘g‘ri aytibdi. Agar saharlikka uxlab qolgan odam kunning yarmidan ilgari niyat qilib hech narsa eb ichmasa ro‘zasi durust bo‘ladi degan bo‘lsa, bu gap to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 156 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar