To‘kilgan sochlar

Assalomu alaykum! Arxivdan qidirib, to‘kilgan sochlarni sotib bo‘lmasligini bilib oldim. Uyimizda oyimlar to‘kilgan sochlarni bir joyga yig‘ib qo‘yardilar. Lekin yaqinda ko‘chadan soch so‘rab keluvchilarga berib yuboribdilar, chunki hozir hovlimizda sochlarni saqlaydigan joy qolmagan. Sochni olib ketganlar, soch o‘rniga 2ta suv chelak tashlab ketishibdi, fikri ojizimcha bu ham sochni sotish hukmida bo‘ladi. Endi bu chelaklarni qabristonga topshirib yuborsak bo‘ladimi? So‘rayotganim sababi, bular shubhali narsa hisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sotilishi harom narsaning evaziga kelgan narsa ham harom hisoblanadi. Uni faqir miskinlarga berib yuborish kerak. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar