Sovchi qo‘yib to‘yni uzoq muddatga cho‘zish
Assalomu alaykum! Yoshim 18da. Allohga muhabbatim baland. Yaqinda namozni boshladim. Har bir ishimni dinimiz buyurganidek qilishga astoydil harakat qilaman. Shu o‘rinda menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingizni so‘rayman. Onamning dugonasining qizi bor. Juda odobli qiz. Shu qizda ko‘nglim bor, lekin u bilan deyarli ko‘rishmaymiz, buni hechkimga bildirmaganman. Men Rossiyaga o‘qishga ketmoqchiman va onamga uning onasiga buni bildirib qo‘yishini, o‘qishni bitirgach unga uylanishimni aytmoqchiman. Shu ishim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yoki uylanib o‘zingiz bilan olib keting yoki ishlaringizni bitirib kelib sovchi qo‘yib uylaning. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush