Er-xotin orasidagi kelishmovchilik
Assalomu alaykum! Ma’lumki shariatimizda turmush o‘rtog‘iga (eriga) nisbatan itoat qilmaganda birinchi nasihat qilinadi, foydasi bo‘lmasa to‘shak alohida qilinadi, yana naf bo‘lmasa bir marta uriladi. (mushtlab qattiq emas albatta) Avvalambor hech kimni boshiga tushmasin, ammo hozirgi XX asrning ayrim «o‘ta zamonaviy» ayollari itoatsizligidan eri bir shapaloq ursa, xotin unga “javob” qaytarsa, ya’ni eriga qo‘l ko‘tarsa, hukmi qanday bo‘ladi? Shunday ayollar bilan turmushni davom ettirish shariatga to‘g‘ri keladimi? Er yillar davomida to‘g‘ri kiyinishga (hijobga emas uzunroq, shunchaki ochiq-sochiq bo‘lmagan kiyimlar), ibo-hayo bilan yurishga, ruxsatsiz hech qaerga bormaslikka chaqirib kelgan, lekin ayol bu narsalarga umuman quloq tutmagan. Marhum Hazratimizning "Baxtiyor oila" kitoblari bor, lekin unga amal qilmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayol itoatsizlikda bardavom bo‘laversa taloq qilish yoki o‘zida ushlab qolishda uzoqni o‘ylash kerak. Qaysi taraf er va farzandlar holatiga foydali bo‘lsa shuni qilish kerak. Bunda er tajribali odamlardan va vaziyatdan xabardor yoshi katta kishilardan maslahat so‘rash kerak. Ayolni qilib yurgan noshar’iy ishlariga norozi bo‘lgan holda nikohda olib qolishni ixtiyor qilsa sabriga savob oladi. Lekin sabr erni qo‘rqoq qilib ko‘rsatadigan darajada bo‘lmasin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush