Bollarga gunoxlarning tasiri bormi
Assalomu alaykum! Ota-ona gunohlari uchun bolalari hayotida qiynalishi mumkinmi? Ya’ni ona erdan ajrashib, ichkilibozlik, firibgarlikni o‘ziga kasb qilib olgan, fol ochish, zino kabi gunohlari deb bollari jabr ko‘rishi mumkinmi? Chunki xozirgi kungacha bollari o‘z yo‘lini hayotda topib bir kasb egalari bo‘lishmagan. Yoshligi 40 ga borib qolgan bollar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday suratda bor gunohni ota-onaga yuklamaslik kerak. Ozor ismli but yasaydigan kishining o‘g‘li Ibrohim alayhissalomdek payg‘ambar bo‘lgan. Eng to‘g‘risi Alloh taologa bog‘lanish kerak. Kimni ibodati qanchalik go‘zal bo‘lsa holi ham go‘zal bo‘lib boraveradi. Holimni o‘nglab keyin ibodatga kirishaman degan inson sahroda qoladi. Allohning “Ibodati go‘zal bo‘lganning holati albatta go‘zal bo‘ladi” degan qoidasi bor. Bu hayot formulasi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush