Qazo namozini o‘qish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar savolim shundan iboratki, bugun men peshin namozini o‘qib bozorga ketgandim, yo‘l uzoq bo‘ganligi sababli, asr namoziga ulgurolmay qoldim. Bir imomdan so‘rasam u menga “peshin, asr va shom namozlarini o‘z vaqtida o‘qiy olmasang kechqurun xufton namozining sunnatini o‘qib, shu kungi qoldirgan namozlaringni o‘qib, keyin vitr namozini o‘qiysan” degandi. Shunday qilsam bo‘ladimi? Agar bo‘lmasa shu kungi namozlarimni qanday qilib o‘qisam bo‘ladi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh sizni namoz o‘qishdek ne’mat bilan siylabdi. Muborak bo‘lsin! Namozni qachon, qaerda o‘qish ixtiyori ham o‘zingizda ekan. Bu ham saodatdir. Lekin bozorga borishdek ishni sabab qilib, namozni kechiktirishingiz yaxshi emas. Alloh taolo “Maa’un” surasi 4-6-oyatlarida marhamat qiladi :
4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir.
Ya’ni namozning ma’nolarini, hikmatlarini, insonning vijdonini poklashini, qalbda marhamat-shafqatni qo‘zg‘ashini unutganlarning holiga voy! Joyi jahannam!
Alloh taolo «Ankabut» surasining 45-oyatida: «…albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur», – degan. Kim namoz o‘qisa-yu, yomon ishlardan qaytmasa, u namozini unutganlar jamoatidan bo‘ladi.
Ushbu oyatlarning ma’nosi haqida mufassirlarimiz bir qancha ta’villar aytganlar.
Abul Oliya: «Bular namozni o‘z vaqtida o‘qimaydiganlar, ruku’ va sajdalarini yaxshilab, batamom qilmaydiganlar», – degan.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu shunday namozxonki, u o‘zi o‘qigan namozidan savob umid qilmaydi va uni o‘qimasa, iqobidan qo‘rqmaydi», – deganlar.
Ibn Jarir Tobariy keltirgan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu oyat haqida so‘ralganda, «Ular namozni o‘z vaqtidan orqaga suradiganlar», – deganlar.
Mufassirlarimiz ushbu jumladagi kelishik qo‘shimchalariga ham alohida e’tibor berganlar. Oyatda «An solatihim saahuun» – «namozlarini unutuvchilar», deyilmoqda, «fii solatihim» – «namozlarida» deyilmayapti. Shundan oyatda munofiqlar haqida so‘z ketayotgani kelib chiqadi. Chunki mo‘min kishi ham namoz ichida ba’zi narsalarni unutishi mumkin. Lekin unutish bilan unutishning farqi bor. Munofiqning namozni unutishi o‘qimaslik, unga e’tiborsizlik qilishi ila bo‘ladi. Mo‘min esa namozning ichida biror narsani unutib, xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilib, darhol to‘g‘rilaydi.
Ushbu oyatda zikr qilinganlar munofiqlar ekaniga kelasi ikki oyat ham dalildir.
6. Ular riyo qiladiganlardir.
Namoz o‘qisa-yu, namozning haqiqatini unutsa, yomonlik, ig‘vo, bo‘hton, yolg‘onchilik, buzg‘unchilik va boshqa razolatlardan qaytmasa, unday kishi riyokor, munofiq bo‘ladi. Odamlarning ko‘zini bo‘yash, ular huzurida obro‘ topish, o‘zini dindor qilib ko‘rsatish uchun namoz o‘qigan bo‘ladi.("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Namozning qazosini vaqt topilishi bilan o‘qish lozim. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 165 | Namoz