Alloh taoloni tasavvur qilish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiganimda, duo qilganimda Alloh taoloni ko‘rinishi xayolimga keladi. Bilaman bu shaytonning vasvasasi va Alloh taoloni mutloq boshqacha ekanligini bilaman. Buni menga zarari yo‘qmi? Alloh taoloni tasavvur qilish haqida tushuntirsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tasavvur qilgan narsangiz Alloh emasligi aniq, o‘zingiz tarafidan bir narsani sherik qilib olish xavfi bor. Bundan ehtiyot bo‘ling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:20 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar