Aqiqa marosimi haqida
Assalomu alaykum! Allohga shukr 3 nafar farzandim bor. Qizim tug‘ulganda jonliq so‘ymaganmiz. Ammo 2ta o‘g‘lim tug‘ulganda 2013-2016-yilda xo‘jayinim eson omon qutulib olsa bir qo‘yni so‘yib qo‘shnilarga(beva bechora va o‘rtacha xayot kechiradiganlari bor orasida) xomtalash qilib tarqataman deb niyat qilganlar. So‘yguncha Bismillohni aytib Xudo yo‘liga deb so‘yganlar. Mana shu 2 nafar so‘yib tarqatgan jonliq (2ta o‘g‘limga 2 ta qo‘y so‘yganlar) aqiqa uchun so‘yilganga o‘tadimi? Agar o‘tmasa 3 ta bolamga 3ta qo‘y so‘yib tarqatishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘sha gaplar bilan nazrni niyat qilmagan bo‘lsa o‘g‘illaringiz uchun so‘yilgan ikki qo‘ylar joiz. Qayta so‘yilmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:17 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush