Psixologiya va islom

Assalomu alaykum! Bir duxovnaya psixologiya kanaliga a’zo bo‘lib, u erdagi seminar trening audiolarini eshita boshladim. Va shunda, aytilayotgan gaplar va ularga amal qilish bilan iymonga putur etmasmikan, bular qanchalar joiz yoki yo‘q ekan, Islomga to‘g‘ri kelarmikan degan ko‘nglimda g‘ashlik tug‘ilyapti. Masalan, qonunlar borligi, aks ettirish, tortishish, o‘zini sevish... Aks ettirishga, inson qalbida, fikrlarida, xayolidagi his tuyg‘ularini atrofdagi barcha insonlar va narsalar aks ettiradi deb o‘rgatilayapti. Va yana agar hammaga, narsalarga nazar o‘zgartirilsa atrofimizdagi bo‘layotgan yaxshimi, yomonmi insonlar munosabati, vaziyatlar o‘zgarib boraveradi deyilmoqda. Faqatgina fikrlaringizga bog‘liq deyilmoqda. Shunga o‘xshash narsalar ko‘p.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz u kanalni tark qiling. Tafsir va hadislar o‘qing. Ularda psixologlardagi narsadan ming chandan ortiq narsalar bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 165 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar