Zakotni oldindan berish
Assalomu alaykum! Shu yilgi ramazon oyining oxirgi kunlarida pulim nisobga etdi, bir imomdan bir yil kutishim kerakmi xozir zakot beramanmi deb so‘rasam zakot berasiz degandi va man zakot berdim. Xuddi shunday savolga 1 yil kutasiz degan javobingizni o‘qidim. Mani bergan zakotim masalasi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Domla joiz tarafini aytgan ekan. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Zakotni bir va undan ko‘proq yil uchun oldindan bersa, joiz.
Bu hukmning dalili:عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ : أَنَّ الْعَبَّاسَ سَأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي تَعْجِيلِ زَكَاتِهِ قَبْلَ أَنْ يَحُولَ الْحَوْلُ، مُسَارَعَةً إِلَى الْخَيْرِ، فَأَذِنَ لَهُ فِي ذَلِكَ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Abbos xayrga tezroq erishish niyatida zakotini bir yil to‘lmasdan oldin berish haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi. Bas, u zot unga bu haqda izn berdilar».
Imom Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Shuningdek, bir nisobga sohib bo‘lgan kishi bir necha nisobning zakotini oldindan bersa bo‘ladi.
Misol uchun, bir kishining beshta bo‘g‘oz tuyasi bor. U aslida zakotga bir dona qo‘yni bersa kifoya edi. Ammo «Oldindan berib qo‘yay», deb ikkita qo‘yni bersa ham joiz. Homilador tuyalar tug‘ib, hamma tuyasi o‘nta bo‘lganda, oldingi bergan bir dona ortiqcha qo‘yi yangi tug‘ilgan tuyalarga zakot bo‘ladi. Mazkur yangi tug‘ilgan tuyalardan yana zakot berishga o‘rin qolmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar