Dunyoviy ilm jannatga olib bora oladimi?
Assalomu alaykum! Doktor Rog‘ib Sarjoniyning «Islom va olam» (kitob tarjimoni: Bekmuhammad Aliboev) kitobini o‘qib qolib, menda savol paydo bo‘ldi. Kitobdagi mana shu joyiga e’tibor bering: « "Dunyoviy ilmlar" degan termin ko‘pchilik dindorlarda Islomdan uzoqlashtiruvchi ilm degan tasavvur uyg‘otadi. Fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarga go‘yoki dindan chalg‘itish uchun o‘qitiladigandek munosabatda bo‘lishadi. Bu vahimalar asossiz, botil xayollardir. Agar mo‘min niyatni to‘g‘ri qilsa, fizika, kimyo, biologiya kabi ilmlar orqali ham jannatga kirishi mumkin» (28-bet). Demak, banda diniy bilimni bilmasa-da, dunyoviy bilimlardan birini mahkam ushlab, olim bo‘lib o‘tsa, jannatga kirar ekan-da. Bu xulosa qaysi hadis yoki oyatga asoslangan? Diniy bilim bo‘lmasdan dunyoviy bilimni mukammal o‘rgangan inson mana shu dunyoviy bilimlari bilan ko‘pchilikka yordam bersa, ko‘p savob olib jannatga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ilmning ikki darajasi bor. Biri farzi ayn, boshqasi farzi kifoya. Bajarilishi farz bo‘lgan ibodatlarning ilmini o‘rganish farzi ayndir. Bu ilmni ota-ona bolasi 10 yoshga kirgunicha ta’lim berib qo‘ysa ham bo‘ladi. Masalan: namoz, ro‘za kabilar. Undan ortgani farzi kifoya ilmlar. Bu ilm borasida dunyoviy ilmlar ham, diniy ilmlar bilan teng darajaga ega. Allohning roziligi va jannatdagi ulug‘ maqomga erishish uchun albatta farzi ayn darajasidagi ilmni bilish shart. Undan ortgani shart emas. Kim qaysi kasbni egallasa va unda shariatga amal qilib faoliyat yurgazsa, albatta oxiratda ulug‘ darajalarga erishaveradi. Savdogar haqida aytilgan hadisni qarang, bu faqat savdogarga tegishli emas. Kim qaysi kasbni qilsayu shu sifatlarga ega bo‘lsa, albatta o‘sha maqomlarga erishaveradi. عَنْ رِفَاعَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّهُ خَرَجَ مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى الْمُصَلَّى، فَرَأَى النَّاسَ يَتَبَايَعُونَ، فَقَالَ: يَا مَعْشَرَ التُّجَّارِ، فَرَفَعُوا أَعْنَاقَهُمْ وَأَبْصَارَهُمْ إِلَيْهِ إِجَابَةً لَهُ، فَقَالَ: إِنَّ التُّجَّارَ يُبْعَثُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فُجَّارًا إِلَّا مَنِ اتَّقَى اللهَ وَبَرَّ وَصَدَقَ. وَفِي رِوَايَةٍ: التَّاجِرُ الصَّدُوقُ الْأَمِينُ مَعَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاءِ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ Rifo’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namozgohga chiqqan ekanlar. Bas, u zot savdo qilayotgan odamlarni ko‘rib:
«Ey tojirlar jamoasi!» dedilar. Ular boshlarini ko‘tarib, chaqiriqqa javoban, u zotga qaradilar. Shunda u zot:
«Albatta, tojirlar qiyomat kuni fojirlar holida tiriltirilurlar.
Allohga taqvo qilgan, yaxshilik va rostgo‘ylik qilgan bundan mustasno», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Rostgo‘y, omonatli tojir nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birgadir», deyilgan.
Ikkovini Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar