Islom murakkabmi
Assalomu alaykum! Namozni Allohga shukr yaqinda boshladim va dinni ham iloji boricha amal qilish lozim bo‘lgan farzlarini o‘rganyapmanu lekin qalbimda bir shubha paydo bo‘lyapti. Bu Qur’on yoki hadisga nisbatanmas hozirgi kundagi fatvo u mumkinmas bu xarom kabi so‘zlar nazarimda ko‘paydi. Masalan: Nike firmasi kiyimlarini kiyish mumkinmas, bankomatdan pul echish, tovuq eyish chunki aparatda so‘yilgan, muhtoj bo‘lsa ham bankdan kredit olish mumkinmas sudxo‘rlik, to‘yona qancha bersa 10 yildan keyin ham shuncha olish va xokazo. Ana endi savolim shuki bu hammasi bugungi kunning fatvolari, vaholanki dinni bunchalik qiyin qilish shartmi? Muso alayhissalom qavmlari sigir so‘yishga buyurilganda rangi urg‘ochimi yoshi qanaqa deb o‘zlariga qiyinlashtirishgan. Hozir islomni qiyinlashtirish shartmi masalan plastik kartochka naqd pul zarur lekin bankomatdan echma, uylanish yoki uyni chiroyli qilib remont qilib pokiza qilish uchun kredit olmoqchi bo‘lsa sudxnrlik, tovuq go‘shti olish uchun uni kim so‘yganligini aniqlashdek murakkablik. Naxotki Islom shunchalik qiyinlashib bormoqda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Islom nihoyatda sodda. Insonlar har jabhada o‘zlarini qiyinchilikka tiqib olganlar. Hatto ibodatlarini ham qiyin darajaga keltirib olganlar. Oddiy misol ertalabki yuz qo‘lni yuvishga oyog‘ini qo‘shib qo‘ysa shariatimizdagi namozning farzi bo‘lgan tahorat hosil bo‘ladi. Ertalab qilinadigan gimnastika ham qiladi, shu bilan birga 8 bor sajda qilib tursa bamdod degan namozning sunnat va farz ado bo‘ladi. Oyoq terlab hidlanishga kelganda bitta tahorat qilib 8 bor sajda qilsa peshinning farzi ado bo‘ladi. Yonida 6 rakaat sunnatini o‘qiydi. Tushlikda egan taomini saharlik va shomdan keyinga ko‘chirsa ro‘za degan farz ado bo‘ladi. Xuddi shuningdek O‘zbekistonda nari borsa 5-6 ta tovuq so‘yadigan fabrika bor. Rossiyaga ketib darba-dar bo‘lib yurgan 10-15 ta bolani o‘sha erga qo‘yilsa Alloh buyurganidek Bismillah bilan so‘yilsa halol bo‘ladi. Fabrikaning direktorini foydasi biroz kamroq bo‘lishi mumkin, evaziga xalqning eydigan taomi halol bo‘ladi va topgani ham halol bo‘ladi. Go‘sht emaydigan butga sig‘inadigan bir milliarddan oshiq xalq dinini hurmat qilib to‘qima xudosining buyrug‘iga itoat qilib bir umr go‘sht emasdan o‘tayapti. Uning oldida so‘yishni Bismillah bilan qilishning nima qiyinchiligi bor?! Siz aytgandek noshar’iy to‘yonalar ko‘paygani uchun qancha qizlar erga tegolmay va qancha yigitlar uylanolmay zinoga botib yurishibdi. Xalq o‘zi engillik tomonini xohlamasa, boshqalarga qiyinchilik chiqaraveradi. Qiyinchilikni domlalar emas xalqning o‘zi o‘ziga qilib olmoqda. Engillikka qarab tortsangiz ular haromga qarab tortishmoqda. Domlalar beradigan fatvo ham Qur’on va hadisdan tashqariga chiqmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:29 | Savol-javoblar | 173 | Islam