Davosi topilmagan kasallik
Assalomu alaykum! Meni 10 yoshlik singlim bo‘lib, unga 3 yoshida qandaydir hozirda davosi yo‘q bo‘lgan virus tushgan. U har kuni dori ichib yuradi, doktorlar singlimni “uzoq yashamaydi, 15 yosh atroflarida virus kuchayib ketadi va vafot etadi” deb tashxis qo‘yishgan. Qur’onda «Har bir kasallikni davosi bilan yaratdik» degan ma’noda oyat bor ekan. Endi men fanda davosi topilmagan bo‘lsa qaerdan qanday topaman? Iltimos maslahat beringlar. Oldindan rahmat. Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’onda «Har bir kasallikni davosi bilan yaratdik» degan oyat borligini bilmaymiz. Lekin hadisda shu ma’nodagi gaplar bor. Biror mohir tabibga murojaat qilinglar. Chunki internet orqali SPIDlarni davolayotgan tabiblar to‘g‘risida ma’lumotlar berilmoqda. Hadisga binoan har bir dardning davosi albatta bor. Qachon o‘sha davo dardga muvofiq kelsa, u dard o‘z-o‘zidan chekinadi. Bizdan o‘sha muvofiq keladigan davoni qidirish talab qilinadi. Noumidlik bu shaytonning ishidir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 159 | Tabobat