Bu shaytonmi

Assalomu alaykum! Bir paytlar dadam ichib har doimgidanda katta janjal chiqargandi. O‘shanda alamdan uydan chiqib ketganman. Shu darajada alamga to‘lganimdan kechqurun dadamga aroq sotgan do‘konni eshigini buzib kirib, barcha alkagolli ichimliklarini sindirib tashladim. Ko‘zimga aroq sotuvchisi iblisdek ko‘rinardi. Nega bu iflos aroqni Davlat yo‘q qilib yubormaydi? “Yaxshilar haromga qarshi kurashsalar ham bu balo kamaymaydi”, degan o‘ylarim meni bir yarim yildan beri umumam boshqa odamga aylantirib qo‘ydi. Bu narsaga qarshi kurasholmayapman. Bu narsa meni johilga aylantirishidan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz qilgan ishingiz bu ishni echimi bo‘lganida biz ham hamma joyga jar solgan bo‘lar edik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 13 yil Makkai Mukarramada hayot kechirdilar. Mushrik, erkagu ayol, majnun, yosh bolalardan ko‘rmagan jabru sitamlari qolmadi. U zot bilan birgalikda barcha sahobalar ham qattiq tazyiqda hayot kechirdilar. Alloh taolo ularga zarar etkazganlarga qarshi muomala qilmaslikka buyurdi. Sahobalar ichida Amir Hamza, Umar, Aliy roziyallohu anhumlardek o‘ta shijoatli, o‘ta g‘azabi tezlari ham bor edi. Abu Jahl, Abu Lahab kabi mushriklar ularning oldida hech kim emasdi. Siz qilgandek ular ham tunda borib hamma narsasini xarobaga aylantirishga qodir edilar. Lekin Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni bunday qilishlaridan qaytardi. 13 yil mobaynida sahobalar tegirmonga tushgandek danagidan yog‘i ajralishidan boshqa ish qilolmadilar. Bu narsa tashqaridan olib qaralganda o‘ta qo‘rqoqlik, bee’tiborlikka o‘xshar edi. Aslida esa iymonni eng oliy darajada toblanishi edi. Bu vaqtda ular faqat-faqat Allohgagina bog‘landilar, duoda mashg‘ul bo‘ldilar,  natijada tirik turib jannatiy ekanliklaridan bashoratlandilar. Bunday holat gohida butun bir jamiyatning, gohida oilalarning, gohida esa ba’zi bir shaxslarning boshiga tushadi. Bunday holatda eng to‘g‘ri yo‘l sahobalarning yo‘llarini tutishdir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:31 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar