O‘yinlardan tushgan fishkalar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirgi kunda internet rivojlangan bir paytda mobil telefonlarga (Texas Poker) degan uyin bor. Ushbu o‘yinda maxsus pul (fishka) yig‘iladi. O‘yinda butun dunyodan odamlar o‘ynaydi, ular maxsus stavkali stollarga kirib bir-birlari bilan onlayn karta uynashadi va bir-birlarini pul(fishka)larini yutib oladilar. Hozirda bu o‘yin yurtmiz yoshlari ichida ancha rivojlangan. Mana shu yutib olgan pul(fishka)larni sotsa shu pul halol hisoblanadimi?
2). Billyard o‘yinini o‘ynash harom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Harom hisoblanadi. 2). Pul tikmasdan o‘ynashning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar