Quloq yaxshi eshitmasa

Assalomu alaykum! Yoshim 22 da. Turmushga chiqmaganman. Qulog‘im yaxshi eshitmaydi. Tug‘ma. Talaffuzim judayam xunuk. Namoz o‘qiyman. Allohdan shifoimni so‘rayman. Uyimga sovchilar kelishmaydi. Ko‘pchilik dilimni og‘ritadi. “Nimaga eshitmaysiz, nega unaqasiz?”, deyishadi. Azon eshitmayman. Azonni eshitishimni xohlayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor.
Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 177 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar