Emizikli ayolning qazo ro‘zasi
Assalomu alaykum! O‘tgan yilgi ramazon oyida homiladorligim va so‘nggi kunlarida farzandli bo‘lib, ro‘za tuta olmadim. Qazo ro‘za qilib tutmoqchi edim. Ammo emizikli bo‘lganim uchun biroz qiyin bo‘lyapti. Turmush o‘rtog‘im fidya beramiz deyaptilar. Shu kunlar uchun fidya bersak bo‘ladimi? Yoki qarzini tutib berishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz emas. Qazosini tutib berasiz. Fidya berish tutishga imkoniyati, hamda tuzalishga umidi bo‘lmagan kasallarga va keksalarga bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 165 | Ro‘za