Ko‘z tekkanda davolash
Assalomu alaykum! Ibn Jibrin rahmatullohi alayh aytadi: «Kimga ko‘z tekkan bo‘lsa, ko‘zi tekkan odamni topa olmasa, uning biror nimasiga erisha olmasa (sunnatda unga tahorat qildirilib, suvidan bemorga ichiriladi va yuvintiriladi); Kimga hasad etgan bo‘lsa, ziyoni arimasa; Kim sehrga chalingan bo‘lsa, sehri hech echilmasa, quyidagilarni qilsin: Bir katta idishda suv oladi. Unga shaxsan o‘zi quyidagi suralarni o‘qiydi: Fotiha, 7 marta; Baqaraning ilk 5 oyati, 7 marta; Oyatul kursiy, 7 marta; Kafirun surasi, 7 marta; Ixlos surasi, 7 marta; Falaq surasi, 7 marta; Nas surasi, 7 marta. Keyin ushbu suvdan qongancha ichadi va qolgani bilan cho‘miladi. Biror qatra qoldirmaydi. Mana shu ishni uch kun davomida ertalab, tushda va kechqurun qiladi. Jami to‘qqiz marta bo‘ladi. Har safar yangi suv oladi. Bu amalni bajarar ekan, foyda etkazuvchi ham, zarar etkazuvchi ham, shifo berguvchi ham yolg‘iz Alloh ekanini e’tiqodida saqlaydi. Kimga ko‘z tekkan bo‘lsa, tanasidan ko‘z ta’siri chiqadi. Hasad etgan bo‘lsa, hasad ketadi. Sehr tekkan bo‘lsa, qaerda bo‘lmasin, qanday bo‘lmasin, daf bo‘ladi, inshoalloh». Shu qanchalar to‘g‘ri???
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buni tajriba qilib ko‘rganlardan so‘rab ko‘ring. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buni tajriba qilib ko‘rganlardan so‘rab ko‘ring. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar