Xamirga spirt (aroq emas) qo‘shish xukmi

Assalomu alaykum! Pishiriq (chak-chak) tayyorlashda yarim kilodan ortiqroq xamir tayyorlashda + - bir choyqoshiq spirt qo‘shsa xamrning ko‘tarilib (pod’yomi) pishishi aytilgan. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ba’zilar spirtni pok deyishadi. Shuning uchun atir, davolarga aralashtirilganni iste’molini joiz deyishadi. Siz aytgan shaklda ham joiz. Spirtdan boshqa konyak, aroq kabilar najosat hisoblanadi. Ularni qo‘shmaslik kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar