"Harra voqeasi" haqida
Assalomu alaykum Ustoz. Tarixda bo‘lib o‘tgan "Harra voqeasi" haqida Internetdan qidirib ko‘rdim, aytarli ma’lumot topa olmadi, shuning uchun sizdan so‘rashga qaror qildim. Noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman, javobingiz uchun oldindan raxmat. Islom dini yo‘lida qilayotgan ishlaringizni Alloh o‘z dargohida qabul qilsin. Qiyomatda ajru-savoblar bilan qarshi olsin. Ustoz bizlarni, ota-onamiz, ahlimiz, farzandlarimizni duo qiling. Assalamu alaykum va rohmatulohi ta’ala va barokatuhu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Harra voqe’asi 63 hijriy yilda bo‘lib o‘tgan. Harra – Madiynai Munavvaraning tashqarisidagi qora toshli joyning nomidir. O‘sha vaqtdagi xalifa Yazid ibn Muoviya o‘z qabiladoshlari – Bani Umayaya odamlarini Madiyna aholisi qamal qilib olganlarini eshitgandan keyin ularga qarshi askar yuborishga qaror qildi. Bir necha askarboshi u tomon borishdan bosh tortdilar. Oxiri Muslim ibn Uqba degan odam rozi bo‘ldi va askar bilan Madiyna tomon yurdi. U Madiynaga yaqinlashib qolganda Bani Umayayaliklarni shahardan chichqib kelayotganlarini ko‘rdi. Ulardan yo‘l so‘ragan edi. Javob bermadilar. Chunki, shahar aholisiga ularga qarshi yordam bermaslikka ahd berishgan edi. Muslimning achchig‘i chiqib o‘zi yo‘l topib bordi. U Harrada jang qilishga qaror qildi. Zul Hijja oyining oxirgi ikki kuni qolganda, chorshanba kuni mash’um jang boshlandi. - Avval Muslim ibn Uqbaning odamlari ustun keldilar. Keyin madiynaliklar g‘olib kela boshladilar. Shunda Muslim odamlariga qattiq topshiriqlar berdi va ularni qaytadan tartibga soldi. U ko‘rgan choralar foyda berdi va askari g‘olib kela boshladi. Madiynaliklarning boshlig‘i Abdulla ibn Hanzala halok bo‘ldi. Madiynaliklar engildilar. Bu mash’um urushda sahobalardan qolganlaridan ko‘pchilik va katta sahoblarning farzandlaridan juda ko‘pchilik halok bo‘ldilar. Quraysh va ansorlardan uch yuz olti kishi hamda qorilardan ettiyuz kishi halok bo‘ldi. Bu jangni hazarti Usmonning davridagi fitnadan keyingi ikkinchi fitna deb ataldi.
2 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 241 | Siyrat va tarix