Janoza kiyimi
Assalomu alaykum! Ayollarimiz biror yaqini vafot etganda qirq kun yoki bir yil ko‘k rangli aza ko‘ylagini va boshlariga oq ro‘mol kiyib yuradilar. Bu mayyitga o‘ta og‘ir azob berishini aytsak ham baribir bilganlaridan qolishmayapti. Marhumning hurmati uchun kiyish shart emish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eri vafot topgan ayol homilador bo‘lsa homilasini tuqqunicha, homilador bo‘lmasa hayz ko‘radigan yoshda bo‘lsa ham ko‘rmaydigan yoshda bo‘lsa ham 4 oy 10 kun ziynat kiyimini tark qilishi vojib. Undan boshqalari xoh erkak qarindoshlar bo‘lsin yoki ayol qarindoshlar bo‘lsin, hatto vafot qiluvchini qizi, nabiralari bo‘lsa ham yoki tuqqan onasi bo‘lsa ham uch kundan ortiq aza tutishi va ziynatini tark qilishi nojoiz amal hisoblanadi. Bu harom amalga mayyitni sababchi qilishadi. Gohida mayyitni o‘zi shunga nasihat qiladi. Bunda mayyit qilgan vasiyati tufayli azoblanadi. Mahallaning shayton xotinlarining gapini deb o‘likni azobga qo‘ymaslik kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:50 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar