Sexr va shirk

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ko‘p joylarda, ya’ni mahallalarda klinikaga o‘xshagan joylar ochilipti. Nuga bes degan krovat bilan davolanish. 20 kun kurs o‘tkazyapti tekinga. Krovat qiziydi, 8sm tana ichiga lazer bilan davolar ekan. Otam-ona o‘sha joyga qatnashyapti. Menga yoqmadi, shubhalik ko‘rindi. Yutubdan qiziqib ko‘rdim. Rossiyada rosa maqtagan odamlar. Bir oycha bo‘ldi qatnashayotganiga. Zo‘r shifo topdik deyishyapti. Ota-onamdan yaxshilab surushtirsam, u krovat toshlardan terilgan ekan va bir dona toshni bir litr suvga solib, suvni tozalaydi har kuni ichib yuringlar depti va bir parcha eritib shakl yasalgan toshni tumor qilib taqib qo‘yipti. Bunda sehr bilan shirkni zamonaviy hidi kelyapti deb tushundim. Qachon ota-onam oldida gaplashib o‘tirsam o‘shalarni maqtashadi. Krovatni 9 millionga olishmoqchi, tumor stakan suvga soladigan toshlarini sotib olmasangiz sizni haydavorarkan. Davoga Qur’on, so‘rasam Allohdan so‘rayman desam jahllari chiqyapti. Odamlarni sehr, shirk bilan aldashni yangicha yo‘limi bu?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gapingizdan gumon bilan xulosa chiqarganga o‘xshaysiz. U toshni moddasini bilish kerak, nima maqsadda berganini bilish kerak. Buni shirk deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 01:46 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar