Birovlarning haqqi

Assalomu alaykum! 1. Bilib-bilmay g‘iybat qilgan insonlarimizning ortidan maqtov va ularning gunohlari mag‘firatini so‘rab doimo duo qilsak, qilgan gunohimiz ado bo‘ladimi? 2. Ribo bo‘lgan yoki bizga botil yo‘l bilan kelgan deb shubha qilingan mablag‘larni hisobini olib, o‘z egalarining plastik kartalariga o‘ziga aytmay o‘tkazib yuborsak qarz ado bo‘ladimi? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Buning ikki surati bor. G‘iybatingiz o‘ziga etib borgan bo‘lsa roziligini ham so‘rashingiz shart. Etib bormagan bo‘lsa gohida maqtab, gohida biroz ayblab haqqingizda gaplar gapirganmiz. Kechirsangiz – deb aytish kerak. Batafsil nima deganingizni aytish shart emas. Undan avval kechiruvchilarga Allohning mag‘firati bo‘lishi haqidagi oyat va hadislarni zikr qilsangiz yanada yaxshi. 2). Bo‘ladi. Hadya deb bersangiz ham ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar