"Lizing" kompaniyasi orqali "buyum" sotib olish

Assalomu alaykum! Evropada tahsil olaman. Bu erda "Lizing" kompaniyalari bor. Ularga murojaat qilinsa, ular insonlarga kerak bo‘lgan "buyum" uchun kerakli do‘konga pul o‘tkazadi va "buyum" do‘kon tomonidan buyurtma qilgan insonning manziliga etkazib beriladi. Bu ishlar internet orqali qilinadi. Lekin shartlarida ma’lum muddatga olinsa mana shuncha deb, ya’ni 6 oy muddatga olinsa shuncha summa, 12 oyga olinsa buncha summa deyiladi. Bunda "foiz" ko‘rsatiladi va saytta lizingoviy kalkulator ham bor muddatiga qarab hisoblab beradigan. Agar men ham biror "buyum" ni lizing kompaniyasi orqali olmoqchi bo‘lsam, ular menga 100 so‘mlik buyumni olib berib, 6 oy davomida umumiy hisobda 130 so‘mni ma’lum muddatda bo‘lib to‘lab berilishi kerak bo‘ladi. Bunga dinimiz qanday qaraydi? Bu halolmi?Yoki bunday olmagan ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo bu maqolani o‘qib chiqing. Lizing bilan maqoladagi to‘g‘ri kelmaydigan farqlarni o‘rganing. https://fiqh.uz/maqola/229

25 May 2022, 23:04 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar