Bilib turib gunox ish qilish

Assalomu alaykum! Bilib turib gunoh ish qilish, masalan: qiz olib qochish katta gunoh degansiz ustoz. Katta gunohligini bilib turibam olib qochsa, keyin tavba qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom!  Gunoh qilish bandaning ishi, faqat payg‘ambarlargina gunohdan ma’sum. Asosiysi tavba qilishdir. Tavba haqiqiy bo‘lsa barcha gunohlar kechiriladi. Ammo bu erda e’tibor berish kerak bo‘lgan bir jihat bor. Ba’zilar gunoh qilsam keyin tavba qilaman deb qastdan gunohlar qilishadi yoki Allohning buyruqlarirga bee’tibor bo‘lishadi.Axir qanchalab odamlar shunday deb to‘satdan o‘lim changaliga tushishdi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:11 | Savol-javoblar | 285 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar