Restorandan olingan pul

Assalomu alaykum! Men bir vaqtlar restoranda ishlaganman. U erda boshqa go‘shtlar qatori cho‘chqa go‘shtini ham ushlab ovqat qilganmiz. U paytlatda unchalik ilmim yo‘q edi. Keyinchalik savol javoblardan buni mumkinmasligini o‘qib bildim va 2-3 oy ishlab bu ishdan chiqib ketdim. Menda hozir plastik kartochkamda shu ishlagandagi oylik pullarim turibdi. Shu pullarni ehtiyojlar uchun ishlatsam bo‘ladimi? Agar bo‘lmasa ularni nima qilish kerak, ular anchagina bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo qarindoshlaringizdan faqirlariga sarflang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar