Qizimni o‘qitishimiz zarurmi?

Assalomu alaykum! Ahli ilm ustozlar, qiz bolani maktab bitirganidan keyin oliy o‘quv yurtlarida o‘qishlariga shariatimiz qanday qaraydi? Qizimiz ibodatda, muqaddas kitoblarimizni o‘qib suralarini yod oladi. Ma’nolarini o‘qib o‘rganadi. Lekin oliygohlarda o‘qishga ham hoxishi bor. O‘qitishimiz kelgusi hayotida foyda bo‘ladimi? Qanday maslahat bera olasiz? Dunyoyu ohiratiga yaxshi bo‘lishi uchun. Rahmat javob uchun! Iltimos, savolni telegram kanaliga ham qo‘ysangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayol bo‘lsin, erkak bo‘lsin kimga Alloh taolo tarafidan qandaydir iste’dod berilgan bo‘lsa o‘sha iste’dodni rivojlantirishi va to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishi va xalqqa manfaati etishi kerak. Albatta bularning barchasi shar’iy chegaralar asosida bo‘lishi kerak. Oddiy misol o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi kishilar yosh bolalarimizni xulqini buzadigan, kelgusida qaroqchilik, o‘g‘rilik va boshqa buzuq xulqqa boshlovchi o‘yinchoqlar muqobiliga ezgulikka, aql-zakovatni rivojlantirishga, sadoqatga, qiz bolalarni onalikka va farzand tarbiyalashga omil bo‘ladigan o‘yinchoqlarni ixtiro qilishlari zimmasiga vojib hisoblanadi. Ulardan keladigan foyda o‘z-o‘zidan hosil bo‘laveradi. Avvalo niyati va yuqoridagi zikr qilingan narsalar bo‘lishi kerak. Shoirlarimiz insonni nopoklikka, shahvoniy xirsga boshlaydigan, buzuqlikka boshlaydigan she’rlar muqobiliga insonni sadoqat, vafodorlik, go‘zal xulqlarga chaqiruvchi she’rlar yozishlari kerak. O‘qituvchilika iste’dodi bor kishilar hozirgi kundagi dinsizlikka chaqiradigan, hayosizlikka chaqiradigan g‘oyalar muqobilida odobga, birovning haqqini emaslik kabi ezgu ishlarni qilishga undashlari va buning uchun harakat qilishlari shart. Tibbiyotga iste’dodlari borlari faqat pul uchun diplom olib bemorlarni axmoq qilib pulini oladiganlar muqobilida xalqimizni xizmati, ularni duolarini olish harakatida bo‘lishlari kerak. Va ho kazo. Bu narsalar har bir insonning ehtiyoji tushadigan narsalar. Bu ishlarga iste’dodi bo‘laturib noloyiqlarni ishlashi xalqimizga xiyonat bo‘ladi va iste’dodi borlar qiyomatda albatta javobgar bo‘lishadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 137 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar