Janoza o‘qish kerakmi
Assalomu alaykum! Ukam 15 yil avval uydan chiqib ketib qaytib kelmagan. Qidiruvlarimiz besamar ketdi. Na tirigini na o‘lganligini bilmaymiz. Xujjatli ishlar kerak bo‘lganda rasman o‘lgan degan xujjati bor. Savolim shuki ukamga bedarak yo‘qolgan bo‘lsa xam bir domla janoza o‘qitinglar debdi. Yo‘qolgan bo‘lsa xam janoza o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Domla noto‘g‘ri aytibdi. Chunki janoza o‘qish uchun nafaqat o‘lgani aniq bo‘lishi, balki mayyitni jasadining aksar qismi hozir bo‘lishi kerak. Hatto hozir bo‘lib chirigan bo‘lsa ham yoki kuyib eti qolmagan bo‘lsa ham janoza o‘qilmaydi. Shuning uchun suvda bedarak yo‘qolganlarga, yong‘inda qolib suyagining o‘zi qolganlarga hamda uzoq joyda vafot topib, etib kelgunicha badani irib qolganlarga janoza o‘qilmaydi. O‘qilsa ham u janoza hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:17 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush