Homila tushib qolishida ham savob bormi?

Assalomu alaykum! Men shu kanalni kuzatib boraman. O‘zimni barcha qiynayotgan savollarga shu kanaldan javob olaman. Xomilador ayolni xomilasi tushib qolaversa uning xam qandaydir savobi bormi? Yoki xech qandaydir axamiyatga ega emasmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo takror-takror tushib qolishining biror tibbiy sababi bo‘lishi kerak. Buning uchun bir emas bir nechta ishonchli doktorlarga uchrash kerak. Homila tushib qolishining ajri nihoyatda ulug‘, ammo u ajrga ega bo‘lishning ikki sharti bor. Birinchisi, o‘sha ondayoq buni Allohdan deb bilib sabr qilish. Har xil “Nima gunohim bor edi, nimaga bunday bo‘ladi” kabi Alloh norozi bo‘ladigan gaplarni gapirmaslik. Ikkinchi, savob umid qilish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holatda “Allohumma axliflii xoyron minhu” deb duo qilishni ta’lim berganlar. Ma’nosi Allohim menga buning o‘rnini bosadigan yaxshisini ato qilgin – deganidir. عن مُعاذِ بنِ جبلٍ رضيَ اللهُ عنه عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلم قالَ : (وَالَّذِيْ نَفْسِيْ بِيَدِهِ إِنَّ السِّقْطَ لَيَجُرُّ أُمَّهُ بِسَرَرِهِ إِلَىْ الجَنَّةِ إِذَا احْتَسَبَتْهُ) رواه ابن ماجه Muoz ibn Jabar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, siqt(nobud bo‘lgan homila) kindigi bilan onasini jannatga tortib kiradi. (Vafot topgan vaqtida) Savobini umid qilsa” dedilar". Ibn Moja rivoyati. قال النووي رحمهُ الله : موتُ الواحدِ من الأولادِ حجابٌ منَ النار ، وكذا السقطُ Imom Navaviy rahmatullohi alayh : “Farzandlardan birortasining vafoti(ota-ona uchun) do‘zaxdan to‘siqdir. Shuningdek tug‘ilmay nobud bo‘lgan homila ham” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 144 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar