Qazo namozlarini taqvim bilan o‘qish haqida

Ustoz bir necha yillik qazo namozlarim bor, men ushbu namozlarimni tartib bilan (ya’ni har bir qazo qilingan namozlarning kunini yozib tayyorlab olaman va har bir namozni o‘qiganda o‘qilgan deb belgilab o‘chiraman) o‘qish niyatidaman, mana shu holatda o‘tgan yil va oylarni Islomiy yil, oy va kunga o‘girib o‘qisam yaxshimi yoki gregorian kalendari bo‘yicha o‘qisam ham bo‘ladimi? Har kungi vaqtli namozlarimning sunnatini o‘rniga ham qazo namozlarni o‘qisam bo‘ladimi yoki vaqtli namozlarning sunnatini o‘qish kerakmi? Shu narsalarni aniq bilib olsam oilamdagilarni va tanishlarni ham shunday yo‘l tutishga undayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hijriy taqvimga amal qilish kerak. Qolgan rejalaringiz to‘g‘ri. “Fatavoiy Hindiya” kitobida o‘tgan namozlarni o‘qish nafl namozlarni o‘qishdan avlo va muhim sanaladi, lekin maHlum sunnat namozalari, zuho namozi, tasbih namozi va ularda maxsus sura va duolar o‘qiladigan namozlar bundan mustasno, deyilgan. Shuning uchun sunnatlarning o‘zini o‘qigan afzal.

27 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 258 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar