Savdoga baraka

Assalomu alaykum! Man savdo bilan shug‘ullanaman, lekin xecham savdom birde yaxshilanmagan. Ko‘pchilikdan eshitganma savdoni o‘qit baraka qildir yoki pulga dam urdirib baraka qildir deb aytishadi. Bu islomda bormi va buni kim qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz sajda qilib Alloh taoloning o‘zidan so‘rang. Alloh taolo “Hijr” surasida marhamat qiladi:  وَإِن مِّن شَيْءٍ إِلاَّ عِندَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ إِلاَّ بِقَدَرٍ مَّعْلُومٍ۝ 21. Hech bir narsa yo‘qki, uning xazinalari huzurimizda bo‘lmasa. Uni faqat ma’lum o‘lchov-la tushirurmiz.
Dunyoda Allohdan o‘zga biror qodir va molik zot yo‘q. Har bir narsaning xazinalari, manbalari, asllari Allohning huzuridadir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar