Onamiz namozni yod ololmayapti
Assalomu alaykum! Allohni rizoligi uchun xizmat qilayotgan "Zikr ahlidan so‘rang" xay’ati. Onamiz qariligi xamda xastaligi tufayli namozni yod ololmayapti. Fotiha zam sura va Attaxiyyat Salavot o‘qiladigan joylarida La ilaxa illAlloh yoki boshka Allohni ulug‘laydigan so‘zlarni aytsa bo‘ladimi? Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh toqati etganiga buyuradi. Qodir bo‘lganicha o‘qiyversin. Inson qiziq, yoshligida hali yosh o‘ynab olsin deyishadi. Keyin maktabda o‘qisin, ilm zarur deyishadi. Keyin hozir muhimi ishlash, qariganingida o‘qirsan deyishadi. Kimlardir shu qarilik yoshiga etadi yoki etmasdan o‘ladi. Qarilik yoshiga etganlar esa tahorat ushlamayapti, tilim qotib qolibdi, yod ololmayapman, esimdan chiqib qolayapti kabi gaplarni aytishadi. Yoki ishtonim ho‘l bo‘lib najosat kiyimda namoz o‘qishga ko‘nglim bo‘lmayapti deyishadi. Alloh taolo “Haj” surasida quyidagicha marhamat qiladi: وَمِنَ النَّاسِ مَن يَعْبُدُ اللَّهَ عَلَى حَرْفٍ فَإِنْ أَصَابَهُ خَيْرٌ اطْمَأَنَّ بِهِ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ انقَلَبَ عَلَى وَجْهِهِ خَسِرَ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةَ ذَلِكَ هُوَ الْخُسْرَانُ الْمُبِينُ 11. Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik etsa, ko‘ngli to‘lur. Agar unga balo etsa, yuz o‘girib ketur. U dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko‘rur. Ana o‘sha ochiq-oydin ziyondir.
Onangizga rahmat, kech demasdan ibodatni boshlabdi. Bu Alloh onangizga yaxshilikni iroda qilganining alomatidir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 131 | Namoz