1-2 kalima qo‘shilib ketsa sajdai sahf qilinadimi?

Assalomu alaykum! Ba’zi paytlarda namozda Fotiha o‘rniga attahiyot surasining birgina so‘zini boshlab keyin to‘g‘rilab ketaman, yoki zam sura aytilmaydigan paytda (farz namozlarini 2-3-rakatlarida) zam surani bitta so‘zini aytib esimga tushib qolib darxol to‘xtatib rukuga ketaman, yoki attahiyotdan keyin 3-rakatga turishni o‘rniga salovatning bitta yoki ikkita so‘zini aytvoraman, lekin darxol to‘xtatib to‘g‘ri amalni bajaraman. Bunday xolatda sajdai sahf qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1-2 so‘zi bilan sajdai sahv vojib emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar