Halol taom

Assalomu alaykum! Savolim xalol taom masalasida. Men chet elda universitet talabasiman. Go‘sht paketida «xalol» markasi bo‘lsagina sotib olaman. Ammo bu erda xalol go‘sht topish juda qiyin. Biror restoranga do‘stlarim bilan kirganimda ko‘p xollarda xech nima eya olmayman. Ammo ba’zi arab talabalarini bir restoranda tovuq go‘shtidan taom sotib olganini ko‘rib so‘rasam, bu joydan olsang bo‘ladi, men surishtirganman, bu go‘sht xristian mamlakatidan import qilinadi dedi va dalil qilib Qur’onda «ahli kitoblarni taomini o‘zingizga halol qiling» degan oyatini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kofir yurtda bo‘lganlarida (adashmasam Rimda) sahobalarga bergan fatvolarini dalil qilib ko‘rsatishdi. Lekin men bilamanki, «Bismillahi Allohu Akbar»ni aytib so‘yilmagan hayvonni go‘shti halol bo‘lmaydi. Ularni aytishicha ko‘p arab davlatlari talabalari, shuningdek Misrlik talabalar shu fatvoga amal qilishar ekan. Ularni gaplari qanchalik haqiqatga yaqin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chet elda bo‘lsangiz ingliz tilidan xabardor bo‘lsangiz kerak. Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning “Maqoloti Usmoniy” nomli maqolalar to‘plami orasida aynan shu bergan savolingizga oyat hadislarni va tomonlarning dalillarini batafsil berilgan. Shuningdek “Zaboih” nomli kitoblari ham bor. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar