Taloq so‘zini uch marta ishlatish

Assalomu alaykum! Men ayolimni jaxl ustida telefonda taloq berdim. Bunda taloq tushadi. Faqat men taloq so‘zini takrorladim, uch taloqni qasd qilib emas, "Taloq qildim, eshityapsanmi, taloq qildim taloq qildim" dedim. Bu uch taloqqa kiradimi yoki qayta nikox o‘qitib olsam xam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu niyatingiz Alloh bilan o‘zingizga ayon. Nima niyat qilgan bo‘lsangiz o‘sha bo‘ladi va qiyomatda ham o‘zingiz javobini berasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 137 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar