Nomoz o‘qish haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ijtimoiy tarmoqda o‘qidim bir domlaga savol berishgan ekan Qur’onni krill alifbosida yodlab nomoz o‘qisa bo‘ladimi deb so‘rashgan ekan. Domla Qur’onni arab alifbosidan boshqa harfda yodlash qiroat bo‘lmaydi o‘qigan nomozda ham shubxa bor debdilar. Savolim shuki shunga tushuncha bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Arab tilida ba’zi bir harflar bo‘lib boshqa tillarda uni o‘rnini bosadigan harf yo‘q. Bunday qilib kirill yoki lotinchada yozish joiz emas. Chunki arab alifbosida to‘rt hil “Z”, uch hil “S” va uch hil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, «Tafsiri Hilol» kitobida ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik buni to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Arab harfini o‘rgangunigacha eshitib yodlasa yaxshi, lekin uni ham biror mutaxassisdan tekshirtirib olishi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar