Kasallik varaqasi bilan maosh olish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Men davlat muassasasida ishlayman.  Xozirgi kunda betobligim sababli ishga bormayapman. Shifoxonada davolanayapman,kasallik varaqasi olaman.  Ma’lumki, kasallik varaqasi bilan ishga bormagan kunlar uchun 80% ish xaqi to‘lanadi. Lekin ikkilanib qoldim, ishga bormagan(ishlamagan) kunlarim uchun xaq olishim joizmikin? Ishga bormagan kunlar uchun kasallik varaqasi bilan maosh olish joizmi? Agar joiz bo‘lmasa avvallari olgan shunday maoshlarning xukmi qanday bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ishxonaning dasturida hukumat tarafidan tasdiqlangan tartib qoidaga ko‘ra haq olasiz degan bo‘lsa, olishingiz joiz. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar