Missionerlik, Zardushtiylik va yoshlar

Assalomu aleykum qadrli Zikr ahlidan so‘rang guruhi mutasaddilari! Avvalo Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ushbu sayt ochilganidan buyon o‘zimizda uchrayotgan sha’riy va diniy masalalardagi savollarimizga mukammal javob olib kelmoqdamiz. Hozir yo‘llamoqchi bo‘layotgan savolimiz esa ko‘nglimizda birmuncha qo‘rqinchli havotirlarni paydo qilgan savollardan hisoblanadi. Aynan bizni xavotirga qo‘yayotgan holat esa Mazdakiylik, Zardushtiylik va uning davomi bo‘lmish Moniylik nomli poloteistik g‘oyaviy ta’limotlarning bugungi kunda ta’lim darsliklarida “tarix” niqobi bilan bu johiliyat davridan qolgan diniy qarashni hech qanaqangi diniy qo‘mitaning xulosasi va ruxsatisiz targ‘ib qilinayotganligidir. Maqsadimiz esa bu ta’limotlarni o‘zbekistonda paydo bo‘lgan degan g‘oyani ilgari surayotgan va bu ahloqsizlikni targ‘ib qiluvchi oqimlarni darslikka “ota bobolarimiz e’tiqodidagi dinlar” deb kiritayotganlarning asl maqsad va muddaolarini bilishdir. Sizdan esa qadrli ulamolar jamiyati Zardushtiylikning bor kirdikorlari va zararli jihatlarini diniy nuqtai nazardan aytib bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/53931

25 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 198 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar