Telefonda urishib qoldik
Assalomu alaykum! Ming istixola bilan shu savolni yo‘llayabman. Turmush o‘rtog‘im safarda edi. U kishi bilan telefon orqali urishib qoldik va men u kishidan javobimi berishini so‘radim. Menga telefon orkali birinchi marta “boshing ochiq” dedi. Men buni eshitmabman va yana qaytarishini so‘radim. U kishi ikkinchi martta yana “boshing ochiq” dedi. Men taloq bering dedim va u kishi “taloqsan” degan javobni berdi. Endi qilgan ishimdan qattiq afsusdaman. Hozir bergan taloq 3 marotabalik taloqqa kiradimi, birinchi martta menga eshitilmagan holatda ham? Iltimos menga javobini aytsangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Eringiz qo‘ygan taloqni siz eshitishingiz shart emas. Boshing ochiq so‘zi bilan boin taloq tushadi. Keyingi aytilgan boshing ochiq bilan ham boin taloq tushadi. Bu erda avvalgi eshtilmay qolgan taloqni eshittirilgan bo‘lish ham yangi taloq qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. Fiqhiy kitoblarimizda boin taloqqa boin taloq qo‘shilmaydi – degan qoida bor. Shunga binoan bu ikkisidan bir taloq tushgan degan hukm olinadi. Keyin taloqsan so‘zi boin bo‘lmagani uchun alohida bir taloq hisoblanadi. Shu bilan sizga ikki taloq tushgan. Agar bundan boshqa taloqqa dalolat qiluvchi gap aytilmagan bo‘lsa. Hayot mobaynida avval ham sizga biror marta taloq qo‘yilganmi yoki qo‘yilmaganmi o‘zingizga ma’lum. Agar avval ham biror marta taloq qo‘yilgan bo‘lsa, oraga uch taloq tushgan bo‘lib, birga yashashlaringiz joiz emas.Shariatimizda bu kabi masalalar tomonlarning jonli majlisdagi ishtirokida, mutaxassis ahli ilm tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun sizlar ham o‘zingizga yaqin joydagi biron ahli ilmga murojaat qilinglar. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 00:50 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush