Davlat idorasidan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish

Assalomu alaykum! Men davlat korxonasida ishlayman. Ish rejimi 24 soatlik. 3 kishi almashib ishlaymiz. Davlat yotadigan joy qurib bergan,Elektr, gaz, suv barcha kommunal to‘lovlarni davlat to‘lab beradi.Korxonaning er maydoni juda katta. Ishimiz engil bo‘lgani uchun bo‘sh vaqtimiz ko‘p bo‘ladi.Bo‘sh vaqtimizdan unumli foydalanish uchun davlat korxonasining eridan foydalansam bo‘ladimi. Bunda bermoqchi bo‘gan savollarim quyidagicha: 1. Ishxona hududidagi mevali daraxtlarning mevalaridan esam oilamga edirsam yoki o‘zim turli daraxtlar ekib ularni parvarishlab ulardan o‘z manfaatim(mevasidan sotish maqsadida, shoxlaridan o‘tinlik maqsadida, teraklardan qurilishmateriali sifatida sotish)yo‘lida foydalansam menga halol bo‘ladimi? 2. Ishxona hududida mol qo‘y boqsam ularni shu hududda o‘sgan o‘t-o‘lan daraxt barglari bilan boqsam bo‘ladimi? 3. Ishxonadagi kompyuter, internetlaridan bilim olish va qo‘shimcha daromad qilish maqsadida foydalansam bo‘ladimi?(Cheksiz interneti bor). Bularni Haromga aralashib qolmay degan maqsadda so‘rayapman. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buni davlat nizomida ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lishi kerak, ulardan so‘raysiz. Qolganlarini ular kimga tegishli bo‘lsa o‘shandan so‘rash kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar