O‘z farzandini o‘ldirib qo‘ygan ayolning hukmi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar bir ayol o‘z farzandini o‘ldirib qo‘ysa va qilmishini nima ekanligini keyin anglasa va tavba qilsa Qur’on o‘qishni o‘rgansa Alloh roziligidan umidvor bo‘lsa bo‘ladimi? Oxiratda farzand ota-onasiga dasturxon degan gaplar bu ayolga ham aloqador bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohning nazdida kechirilmaydigan gunoh yo‘q. Gap o‘sha banda Robbisiga qaytib astoydil tavba qilishidadir. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ نَبِيَّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كَانَ فِيمَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ رَجُلٌ قَتَلَ تِسْعَةً وَتِسْعِينَ نَفْسًا فَسَأَلَ عَنْ أَعْلَمِ أَهْلِ الْأَرْضِ فَدُلَّ عَلَى رَاهِبٍ فَأَتَاهُ فَقَالَ: إِنَّهُ قَتَلَ تِسْعَةً وَتِسْعِينَ نَفْسًا فَهَلْ لَهُ مِنْ تَوْبَةٍ؟ فَقَالَ: لَا، فَقَتَلَهُ فَكَمَّلَ بِهِ مِائَةً، ثُمَّ سَأَلَ عَنْ أَعْلَمِ أَهْلِ الْأَرْضِ فَدُلَّ عَلَى رَجُلٍ عَالِمٍ فَأَتَاهُ فَقَالَ: إِنَّهُ قَتَلَ مِائَةَ نَفْسٍ فَهَلْ لَهُ مِنْ تَوْبَةٍ؟ فَقَالَ: نَعَمْ، وَمَنْ يَحُولُ بَيْنَهُ وَبَيْنَ التَّوْبَةِ، انْطَلِقْ إِلَى أَرْضِ كَذَا وَكَذَا فَإِنَّ بِهَا أُنَاسًا يَعْبُدُونَ اللهَ فَاعْبُدِ اللهَ مَعَهُمْ، وَلَا تَرْجِعْ إِلَى أَرْضِكَ فَإِنَّهَا أَرْضُ سَوْءٍ، فَانْطَلَقَ حَتَّى إِذَا نَصَفَ الطَّرِيقَ أَتَاهُ الْمَوْتُ، فَاخْتَصَمَتْ فِيهِ مَلَائِكَةُ الرَّحْمَةِ وَمَلَائِكَةُ الْعَذَابِ، فَقَالَتْ مَلَائِكَةُ الرَّحْمَةِ: جَاءَ تَائِبًا مُقْبِلًا بِقَلْبِهِ إِلَى اللهِ تَعَالَى، وَقَالَتْ مَلَائِكَةُ الْعَذَابِ: إِنَّهُ لَمْ يَعْمَلْ خَيْرًا قَطُّ، فَأَتَاهُمْ مَلَكٌ فِي صُورَةِ آدَمِيٍّ فَجَعَلُوهُ بَيْنَهُمْ، فَقَالَ: قِيسُوا مَا بَيْنَ الْأَرْضَيْنِ فَإِلَى أَيَّهِمَا كَانَ أَدْنَى فَهُوَ لَهُ، فَقَاسُوهُ فَوَجَدُوهُ أَدْنَى إِلَى الْأَرْضِ الَّتِي أَرَادَ فَقَبَضَتْهُ مَلَائِكَةُ الرَّحْمَةِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ الشَّيْخَانِ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam:
«Sizdan avval o‘tganlarning ichida to‘qson to‘qqizta odamni o‘ldirgan bir kishi bor edi. U er yuzidagi eng olim kishi haqida so‘radi. U bir rohibga yo‘llandi. Bas, u uning oldiga borib, o‘zining to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirganini aytib, tavba qilsa bo‘ladimi yoki yo‘qligini so‘radi. U bo‘lmasligini aytdi. Shunda u uni ham o‘ldirib, yuztaga etkazdi. Keyin er yuzidagi eng olim kishi haqida so‘radi. U bir olim kishiga yo‘llandi. Bas, u uning oldiga borib, o‘zining yuzta jonni o‘ldirganini aytib, tavba qilsa bo‘ladimi yoki yo‘qligini so‘radi. U bo‘lishini va u bilan tavbaning orasini hech kim to‘smasligini aytdi. So‘ngra «Falon falon joyga bor. U erda Allohga ibodat qilayotgan odamlar bor. Ular bilan birga Allohga ibodat qil. O‘z eringga qaytma. Chunki u yomon erdir», dedi.
U jo‘nab ketdi. Yarim yo‘lga etganida unga o‘lim etdi. Rahmat farishtalari bilan azob farishtalari uni talashib qoldilar. Rahmat farishtalari:
«U tavba qilib, qalbi ila Alloh taolo tomon keldi», dedilar. Azob farishtalari esa:
«U hech qachon yaxshilik qilgan emas», dedilar.
Ularning oldiga bir farishta odam suratida keldi. Ular bu farishtani hakam qildilar. Bas, u:
«Ikki er orasini o‘lchab ko‘ringlar. Qay biriga yaqin bo‘lsa, u o‘shaniki bo‘ladi», dedi.
O‘lchashganda u o‘zi iroda qilgan erga yaqin chiqdi. Uni rahmat farishtalari oldilar».
Ushbu uchtani ikki shayx rivoyat qilganlar.
Eng xatarli ish “Ha bir kun tavba qilamanda” deb gunohda davom etishdir. Bu fikrdagi inson Allohning rahmatidan benasib ekanligining bir belgisidir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 159 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar