Ayol kishi qo‘liga uzuk taqishi
Assalomu alaykum! Men bir joyda turmushga chiqqan ayol qo‘liga bitta bo‘lsa ham uzuk taqishi kerak, bolasini tagligini almashtirganda qo‘li makrux bo‘lmaydi degan gapni eshitdim. Bu gap qanchalik to‘g‘ri? Rostdan zam uzuk qo‘lni makrux bo‘lishdan asraydimi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hamma vaqt ayol kishining qo‘li erkak kishining qo‘lidan farq qilib turishi kerak. Ayolligiga dalolat qiluvchi belgi qo‘lida bo‘lishi kerak. Siz masalani noto‘g‘ri eshitibsiz yoki aytgan noto‘g‘ri aytibdi. Bolaning najosatini tozalaganda uzukning orasiga najosat kirib qolishi bor. Shuning uzugi bor ayol uchun tozalash vaqtida echib qo‘yishi kerak. عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: أَوْمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَبَضَ يَدَهُ، فَقَالَ: مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟ قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ، قَالَ: لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol parda ortidan qo‘li ila Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub uzatdi. Bas, u zot qo‘llarini tortdilar va:
«Bilmadim, bu erkakning qo‘limi, ayolning qo‘limi?» dedilar.
«Ayolning qo‘li», dedi u.
«Ayol bo‘lsang, tirnoqlaringga hinno qo‘yib olsang bo‘lmasmidi», dedilar u zot».
Ikkisini Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol kishilarning o‘zlariga qarashlariga, go‘zallik va latofatlarini turli yo‘llar bilan saqlash, parvarish qilishlariga katta e’tibor berilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar