Nafl ro‘za tutish qoidalari
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari va shu sayt administratorlari! Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin va sizlarni o‘z panohida asrasin, har doim. Ustoz janoblari sizdan iltimos savolimga javob bersangiz. Savolim shunday: Ro‘za-Ramazon oyidan boshqa paytda ya’ni yil davomida qaysi paytda yoki aynan qaysi kunda ro‘za tutsa va savobga ega bo‘lsa bo‘ladi? Iltimos sahih hadislardan yozib bersangiz va men yod olsam va Alloh nasib aylagan bo‘lsa amal qilsam, iltimos sizdan. Va duosini ham yozib bersangiz iltimos. Uzr savolim 2 ta bo‘ldi. Alloh nasib qilganmi yo‘qmi, shuning uchun iltimos ikkkala savolimga ham javob bering. Alloh sizdan va sizga yordam berayotgan insonlardan rozi bo‘lsin! Assalamu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ro‘zaning turlari to‘rttadir: I. Lozim ro‘za.
Lozim ro‘za ikkiga: farz va vojibga bo‘linadi. Farz ro‘za ham ikkiga: tayinli va tayinli emasga bo‘linadi.
Tayinli farz ro‘za–Ramazon ro‘zasini ado etishdir.
Tayinli bo‘lmagan farz ro‘za–Ramazonning qazosi va kafforot ro‘zasidir.
Vojib ro‘za ham ikkiga: tayinli va tayinli emasga bo‘linadi.
Tayinli vojib ro‘za–muayyan nazr ro‘zadir.
Ta’yinli bo‘lmagan vojib ro‘za–mutlaq nazr ro‘za va nafl ro‘zani buzgan bo‘lsa, qazosini tutishdir. II. Harom ro‘za.
Bu turdagi ro‘zani hanafiylar: makruhi tahrimiy ham deydilar. Bunday ro‘zalar bir necha xildir:
1. Ayol kishining erining iznisiz yoki roziligini bilmay turib nafl ro‘za tutishi.
2. Shak kuni ro‘za tutish.
3. Ro‘za hayiti kuni, Qurbon hayiti kuni va undan keyingi uch kunning ro‘zasini tutish.
4. Hayzli va nifosli ayolning ro‘za tutishi.
5. Ro‘za tutsa halok bo‘lishini bilib turib ro‘za tutgan odamning ro‘zasi. III. Ixtiyoriy ro‘za.
Hanafiy mazhabida ixtiyoriy ro‘za uchga: sunnat, mandub va naflga bo‘linadi.
Sunnat ro‘za–Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bardavom tutib yurgan ixtiyoriy ro‘za.
Oshuro oyining to‘qqizinchi va o‘ninchi kunining ro‘zasi sunnat hisoblanadi.
Mandub yoki mustahab–Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bardavom tutmagan ixtiyoriy ro‘za.
1. Bir kun tutib, bir kun ochib yurish.
2. Har oydan uch kun tutish.
3. Haftaning dushanba va payshanba kunlarini tutish.
4. Shavvoldan olti kun tutish.
5. Arafa kunini tutish.
6. Arafadan oldingi sakkiz kunni tutish.
7. Sha’bon oyida tutish.
Nafl ro‘za–mazkurlardan boshqa tutishga targ‘ib qilingan ro‘zalar. IV. Makruh ro‘za.
Bu xildagi ro‘zani hanafiy mazhabida makruhi tanzihiy ham deyiladi. Ular quyidagilardir:
1. Oshuro kunining yolg‘iz o‘zining ro‘zasini tutish.
2. Juma kunining yolg‘iz o‘zining ro‘zasini tutish.
3. Shanba kunining yolg‘iz o‘zining ro‘zasini tutish.
4. Navro‘z kuni ro‘za tutish.
5. Mehrijon kuni ro‘za tutish.
6. Har kuni ro‘za tutish.
7. Gapirmasdan ro‘za tutish.
8. Ulab ro‘za tutish.
9. Musofirning qiynalib ro‘za tutishi. Dalil: Aba Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Kim Alloh uchun bir kun ro‘za tutsa, Alloh uning yuzini do‘zaxdan etmish kun uzoq qiladi”, dedilar”.
Nafl ro‘za tutishning ulug‘ligini tushunish uchun o‘zini bilgan kishiga bu hadisdan boshqa dalil kerak emas. Qaysi kunlari nafl ro‘za tutish afzal? 1 – Muharram oyi ro‘zasi.
Muharram oyi Ramazon oyidan keyingi martabada turadi. Bu oyda Ashuro kuni bor.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ramazondan keyingi eng afzal ro‘za, Allohning muharram oyi ro‘zasidir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir” deganlar. 2 – Ashuro kuni ro‘zasi.
“Ashuro” Muharram oyining o‘ninchi kunidir.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro ro‘zasini o‘ninchi kuni tutishga amr qildilar.”
Yahudiy, nasroniylar ham Ashuroni o‘ninchi kuni tutishgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘qqizinchi va o‘ninchi kuni ro‘za tutishga buyurganlar. Hozir shunga amal qilinadi.
3 – Rajab ro‘zasi.
Usmon ibn Hakim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Said ibn Zubayrdan rajab oyida turganimizda rajab ro‘zasi haqida so‘radim. U: “Ibn Abbosning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der edik, deyayotganini eshitganman” dedi.
4 – Sha’bon ro‘zasi
Ummi Salama roziyallohu anho: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Sha’bon va Ramazondan boshqa ikki oy ketma – ket ro‘za tutganlarini ko‘rmadim” dedilar. Boshqa hadislarga ham qarasak Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazondan boshqa biror oyda Sha’bondagichalik ko‘p ro‘za tutmaganlarini ko‘ramiz. 5 – Sha’bonning yarmi ro‘zasi.
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Alloh Sha’bon yarmidagi kechada qarab ko‘rib jamiki maxluqotlarini mag‘firat qilur. Magar mushrik va xusumatchi bundan mustasnodir” dedilar.”
Hazrati Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Qachon Sha’bon yarmining kechasi bo‘lsa, uning kechasini bedor o‘tkazinglar, kunduzining ro‘zasini tutinglar.” 6 – Shavvoldan olti kun ro‘za tutish.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini ketidan Shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi” dedilar. 7 – Zulhijjaning birinchi o‘n kunligi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Alloh uchun Zulhijjaning o‘n kunichalik Unga ibodat qilishdan mahbubroq kun yo‘q. Ularning bir kunlik ro‘zasi bir yillik ro‘zaga tengdir. Ularning bir kechasini bedor o‘tkazish esa Qadr kechasini bedor o‘tkazishga tengdir” dedilar. Lekin Zulhijjaning o‘ninchi kuni Qurbon hayiti bo‘lgani uchun bu kuni ro‘za tutish makruhdir. 8 – Hojidan boshqalarga Arafa kuni ro‘zasi.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Allohdan umid qilamanki, Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi sananing va undan keyingi sananing kafforoti bo‘lur” dedilar.
Demak, haj qilayotgan odamdan boshqalar bu kunda ro‘za tutsalar, ulug‘ fazlga ega bo‘ladilar.
9 – Har oydan uch kun ro‘za tutish.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Menga Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Har oyda uch kun ro‘za tut. Chunki bir yaxshilik o‘n mislichadir. Ana o‘sha yil davomi ro‘zasiga barobar” dedilar.”
Muslim va Abu Dovud roziyallohu anhu rivoyatlarida: “Har oydan uch kun ro‘za tutmoqlik Ramazondan Ramazongacha yil bo‘yi ro‘za tutishga tengdir” deyilgan. 10 – Oq kunlar ro‘zasi.
Oq kunlar degani tunlari oq bo‘lgan kunlardir. Oy o‘n uch kunlik bo‘lganda eng yorug‘ bo‘ladi. Demak, o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi kunlar ro‘za tutish haqida so‘z ketyapti.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Milhon ibn Qaysga: “Qachon bir oydan uch kun ro‘za tutadigan bo‘lsang, o‘n uch, o‘n to‘rt, o‘n beshni tut” dedilar. Bir rivoyatda: “Ular xuddi yil bo‘yiga o‘xshar” dedilar.
11 – Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasi.
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan dushanba va payshanba kuni ro‘zasi haqida so‘raldi. U zot: “O‘sha kunda tug‘ildim va o‘sha kunda menga Qur’on nozil qilindi” dedilar.” Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummi Salama roziyallohu anhoga: “Har oydan uch kun ro‘za tutsang, avvali dushanba va payshanba bo‘lsin” deganlar.
12 – Dovud alayhissalomning ro‘zasi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir kun tutib, bir kun ochinglar, bu Dovud alayhissalomning ro‘zasidir” deb doimiy ro‘zadan qaytarganlar.
Ro‘zador nafl ro‘zasini buzib yuborsa, o‘rniga boshqa kun qazo tutib beradi. Bunga Imom Shofiiy rohmatullohi alayh xilof qilib: “Nafl kishining ixtiyoridagi narsa bo‘lgani uchun uni buzsa qazo qilmaydi” deydilar. Bizning dalilimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlaridir:
“Seni birodaring mehmon uchun chaqirsa, sen ro‘zangni ochib yubor va o‘rniga boshqa bir kun qazosini tutib ber.”
Va yana bunga Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilingan hadis ham dalil bo‘ladi. Yilning besh kunida nafl ro‘za tutish durust emas. Bular: - Iydi Ramazon kuni.
- Iydi Qurbon va undan keyingi uch kun. Fatvolar: 1. Bir yilning barcha kunlarida, hatto taqiqlarida ham qoldirmay ro‘za tutish makruhdir. Shuningdek, iftorlik qilmasdan bir necha kun nafl ro‘za tutish ham makruhdir. Nafl ro‘zaning eng afzali bir kun tutib, bir kun tutmaslikdir. (Xulosa)
2. Ataylab emas, balki odatda tutib yurgan kunlari davomiga to‘g‘ri kelib qolsa, shanba, yakshanba, navro‘z, mehrjon kunlari nafl ro‘za tutish makruh emas. (Olamgiriya)
3. Nafl ro‘zani ayol eri ruxsatisiz tutishi joiz emas. Mardikor ham ro‘za tutsa ishga zarari tegadigan bo‘lsa, xo‘jayindan ruxsat olib tutishi shart. (Muhit)
4. Ramazon ro‘zasining qazosini tutmay turib, nafl tutish makruh emas. (Olamgiriya)
5. Nafl ro‘zani ham uzrsiz ochish joiz emas. Imom Halvoniy (r.a) fikriga ko‘ra, keyin qazosini tuta olishiga ishonmasa, ro‘zasini ochmaydi. Yana bu gaplarga zavol vaqtigacha bo‘lsagina amal qilinadi. Ammo zavoldan keyin bo‘lsa, katta uzr bo‘lmaguncha ochmaydi. Masalan, agar ochmasa, ota-onasi norozi bo‘ladigan bo‘lsa. (Olamgiriya, Muhit)
20 Aprel 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 1 150