juma

ustoz Ollox umringizga rizkingizga baraka ato kilsin.Ustoz biz boshka yurtdamiz juma namoziga borishga imkonimiz yuk shuning uchun peshin namozini jamoat bilan ukishimiz tugrimi? Beodobligim uchun uzr surayman
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uzrli shaxsning va boshqalarning misrda Peshinni jamoat bo‘lib o‘qishlari makruhdir. Bu hukm makruhi tanzihiy–uncha og‘ir bo‘lmagan makruhdir. Chunki, ular Jum’a o‘qishlari lozim edi. Ular Jum’a namoziga bormay jamoatning ozayishiga sabab bo‘ldilar. Aybni qilib qo‘yib, yana, o‘zlari jamoat bo‘lishlari durust emas. Shuningdek, uzrli bo‘lmaganlarning Jum’adan oldingi Peshinlari ham makruhdir. Bu hukm makruhi tahrimiy–harom o‘rniga o‘tadigan makruhdir. Chunki, bular Peshinning farzidan ko‘ra kuchli bo‘lgan Jum’aning farzini uzrsiz tark qildilar. Modomiki, hali Jum’a o‘qilmagan ekan, unga borib qo‘shilish payidan bo‘lishlari kerak. Ammo mazkur ishni qilishning o‘rniga jamoat bo‘lib Peshin o‘qishlari Jum’aga borish niyatlari yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu esa, umuman mumkin emas. Jum’ani o‘qib bo‘linganda unga borib qo‘shilishning imkoni qolmagan bo‘ladi. Agar Peshinni o‘qigan odam Jum’aga harakat qilganda imom Jum’ada turgan bo‘lsa, Peshini botil bo‘ladi. Birov Jum’adan oldin Peshinni o‘qib oldi. Keyin Jum’aga borishga harakat qilib qoldi. Agar u harakatni boshlaganda imom Jum’aning amallarini bajarib turgan bo‘lsa, haligi odamning o‘qigan Peshini botil bo‘ladi.

5 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar