Zulm qilgan ota haqida

Assalomu alaykum! Oxirgi paytlarda bolasidan nolidigan, bo‘lar bo‘masga qarg‘anadigan otalar ko‘p uchratyapman, ba’zi noligan tanishlarimni xolatiga nazar solsam o‘zi aslida vazifasini bajarmayotgan, bu bola meniki xoxlaganimni qilaman qabilida xayot kechiryotkan, xattoki yillar mobaynida otasini zulmiga sabr qilib yurgan xotiniyu bolasidan ayb istab qarg‘anadiganlar ming afsuski uchrab turibdi. Bundaylar uchun dinimizda qanday qaytariqlar bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson tug‘ilganidan to ma’lum bir yoshgacha qalb degan idishini to‘ldiradi. Keyin o‘sha qalbga nima to‘lgan bo‘lsa og‘zidan o‘sha chiqadi. Insonning o‘zi o‘sha idishini tozalashga, poklashga va uning ichiga pokiza narsalarni solishga harakat qilmasa hech kim ko‘ksini yorib uni tozalab qo‘yolmaydi. Faqat ilmiga amal qilgan inson o‘sha qalb egasiga qalbini nima bilan to‘lganligini tushuntirib qo‘yishi mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:55 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar