Yoga mashqi
Assalomu alaykum! Men internetdan "yoga mashqlari" sport programmasini yuklab olib, 2 oydan beri uyda, mustaqil, sog‘lom bo‘lish uchun sport sifatida shug‘ullanayabman. Bir saytda, bir domla "yoga" mashqlari asosan buddaviylik dinining ibodatiga kiradi. Sport bo‘lgani bilan u buddistlarga ibodat bo‘lib qoladi, gumonli bo‘lgani uchun shug‘ullanish kerak emas kabi gaplar bilan fikr bildirgan. Bu domlaning gapi qanchalik to‘g‘ri? Sport niyatida shug‘ullanib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Undan ko‘ra ko‘proq namoz o‘qisangiz yogadan ko‘ra ko‘proq foyda beradi. Chunki yogada bajariladigan mashqlardan ko‘ra namozda bajariladigan amallar foydali ekanligi yuz foiz to‘g‘ri. Yoga budga sig‘inuvchilarning diniy ibodati hisoblanib, bu xuddi musulmonlarda farz bo‘lgan namoz kabidek. U amalda oliy ruhga bog‘lanish kabi shirkiy g‘oyalar bor. Budga sig‘inuvchilar jismoniy foyda keltirishini bahona qilib bu shirkiy g‘oyani xalqimizga singdirilmoqda. Uning o‘rniga namozda qilinadigan amallarni bajariladigan bo‘lsa 100% foyda keltirishi aniq. Chunki g‘arb ulamolari “Namoz ibodati ilohiy ta’limot bo‘lib, inson qanchalik ko‘p namoz o‘qisa shunchalik sog‘lom bo‘ladi, hech qanday depressiyaga uchramaydi” deb hayotiga tatbiq qilishmoqda. Ba’zilar biz yogadan foyda ko‘rdik deyishlari mumkin. Iymon evaziga ko‘riladigan foyda foyda hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 02:33 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar