Tsereblorizin dorisi haqida
Assalomu alaykum! Tsereblorizin deb nomlangan dori haqida so‘ramoqchidim. Internetda ichiga cho‘chqaning miyyasi aralashtirib reaktsiya qilinishi haqida o‘qib qoldim (kontsentrat tserebrolizina (kompleks peptidov, poluchennыx iz golovnogo mozga svini). Shunga bu ukol harom bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dori asli harom, iste’moli ham harom. Shariatimizda harom narsa bilan davolanish degan bob bor. Ya’ni qanday holatlarda harom bilan davolansa bo‘ladi degandir. Bu mavzudagi barcha dalil va hujjatlarni yaxshilab o‘rganib chiqqan ulamolar, jumladan, hanafiy mazhabi fuqaholari quyidagi xulosaga kelganlar. Umumiy qilib aytganda harom va najas narsa bilan davolanish mumkin emas. Agar dardni davolash uchun halol narsalardan shifo topilmasa va harom narsa davo bo‘lishi aniq bo‘lsa, u bilan davolanishga istisno tariqasida ruxsat. Erkaklar uchun harom qilingan ipak, tillo va kumushlarni davo uchun ishlatsa bo‘ladi. Erkaklar qichima dardiga yo‘liqqanlarida tibbiy maqsadlarda ipak kiyim kiysalar joizligiga barcha fuqaholar ittifoq qilganlar. Bunga imom Buxoriy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Abdurrohman ibn Avf va Zubayr roziyallohu anhumolarga qichima bo‘lib qolganlarida ipak kiyim kiyishga ruxsat berganlari haqidagi hadisni dalil qilganlar. Fuqaholar jumhuri erkak kishi tillo yoki kumushdan tish qilish joizligiga ittifoq qilganlar. Agar bir nechta bo‘lsa ham mayli, deganlar. Shuningdek, tishga tillo yoki kumush qoplash ham mumkin deganlar. Bu hukmga quyidagi dalillarni keltirilgan; 1. «Arjafa ibn As’ad roziyallohu anhuning Kilob urushi kuni burni kesildi. U o‘ziga kumushdan burun qilib oldi. Ammo u sasib ketdi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam amr qildilar va u o‘ziga tillodan burun qilib oldi». Imom Termiziy rivoyat qilgan. 2. Muso ibn Tolha, Abu Jamra az-Zob’iy, Abu Rofe’ ibn Sobit al-Banoniy, Ismoil ibn Zayd ibn Sobit, Mug‘iyra ibn Abdulloh va boshqalar tishlariga tillo qoplaganlari haqidagi rivoyat. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 00:52 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom