Imomdan oldin salom

Assalomu alaykum! Jamoat namozida imomdan oldin salom berilsa namoz buziladi deb bilaman. Lekin jamoat namozlarida e’tibor qilsam imom salomni cho‘zib aytadi. Lekin muqtadiylar imom salomni boshlab hali aytib tugatmasdan salom berib qo‘yishadi. (Cho‘zmasdan tez aytganligi uchun imom salomni boshlaganda boshlab imom tugatmasdan oldin tugatishadi). Ushbu holatda muqtadiyning namozi buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Namozi buzilmaydi, lekin gunohkor bo‘ladi. Shu o‘rinda muhim bir masalani ya’ni takbiri tahrima haqida quyida keltirib o‘tamiz. Iqtido qiluvchining tahrimasi imomning tahrimasidan avval bo‘lmasligi. Ikki imom : “Imom “Allohu akbar”ning “r”sini aytganida, iqtido qiluvchi takbir aytishni boshlaydi” deganlar. Iqtido qiluvchi “Alloh” lafzini imomdan keyin, lekin “akbar” lafzini imom akbar deyishidan avval tugatsa, imomga iqtido qilgan bo‘lmaydi. Ya’ni imomga iqtido qila turib, imomdan avval namozga kirgan bo‘ladi. Bunday bo‘lishi muqtadiyning namozini durust bo‘lishidan to‘sadi. Aksar holatlarda iqtido qiluvchilar qo‘llarini ko‘tarib, takbir aytishga shay turadilar. Imom esa ovozini cho‘zib “Alloohu akbar” degunicha muqtadiy tezdan “Allohu akbar”ni aytib, imomdan oldin qo‘lini bog‘lab, namozga kirib olgan bo‘ladi. Chunki u imom kabi takbirni cho‘zib aytmaydi. Bunday holatda uning iqtidosi joiz emas va namozini qayta o‘qishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:21 | Savol-javoblar | 180 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar